Ushbu maqolada bo‘lajak pedagog-tarbiyachilarning kasbiy shakllanganlik darajasini nazorat qilishning pedagogik muammolari, ularda kasbiy faoliyat tajribasining shakllanganligini nazorat qilishning muhim jihatlari mutaxassislarni tayyorlash tizimi oldiga qo‘yilgan ijtimoiy buyurtma bilan belgilanishi, bu bo‘lajak mutaxassisning kasbiy topshiriqlarni bajarish faolligi, ushbu jarayonda қандай holatlarga e’tibor qaratganligi professor o‘qituvchilar tomonidan nazorat qilinishi va baholanishi, bo‘lajak pedagog-tarbiyachilarning amaliyot davridagi kasbiy-pedagogik faoliyati ham baholanishi, bunda bo‘lajak pedagog-tarbiyachilarda bolalarni rivojlantirish jarayonida psixologik-pedagogik tahlil qilish ko‘nikmasi shakllantirilishi masalalari yoritilgan.
Ushbu maqolada bo‘lajak tarbiya fani o‘qituvchisi tayorlashda tarbiya texnologiyalardan foydalanish, respublikamizda umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qitvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishda ta’lim texnologiyalardan foydalanish, ta’lim texnologiyalarning mazmuni, ta’lim-tarbiya jarayonini samaradorligini ta’minlashdagi ahamiyatining pedagogik psixologik shart-sharoitlari yoritib berilgan.
Ushbu maqolada individual ta’lim trayektoriyani loyihalash, nafaqat ta’lim muassasasi uchun balki bo‘lajak mutaxassisning shaxs sifatida o‘zini o‘zi anglashi va rivojlanishida hamda kasbiy faolitining keyingi bosqichlarida ham ahamiyatli hisoblanadi. Bo‘lajak mutaxassis uchun individual ta’lim trayektoriyasini loyihalash jarayonida belgilangan pedagogik shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lsa, ularning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga yordam berishi ko‘rsatilgan.
Bu maqolada, bugungi davr bolalarining o‘z-o‘zini boshqarish, stress, texnologik o‘zgarishlar, internet va ijtimoiy munosabatlar kabi psixologik muammolar va ularni yechish usullari haqida ma’lumot beriladi. Munosabatlar, stressni kamaytirish, internet va texnologiyalarni cheklash, o‘zaro yordam olish va maslahat olish kabi amallar, bolalarni o‘z-o‘zini boshqarish va muammolarni hal qilishda muhimdir. Ushbu maqola ota-onalar, o‘qituvchilar, psixologlar va mutaxassislar uchun katta ahamiyatga ega.
Ushbu maqolada bo‘lajak iqtisodchi mutaxassislarning axborot madaniyati, axborot madaniyati mazmuni, axborotlashgan jamiyat talablari, ta’lim jarayonida axborot madaniyatini o‘rni va ahamiyati, axborot madaniyatini shakllantirishda axborot xavfsizligini ta’minlashning ahamiyati yoritib berilgan.
Ma’lumki, atamalar kundalik nutqda ishlatilmaydi, balki professional muloqotning muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Shartlarni tushunish uchun mutaxassislar ularga yagona shakl va qat’iy ilmiy ta’rif berishlari kerak. Atamaning asosiy vazifasi ilmiy tushunchani bir ma’noda aniq ifodalab berishdan iborat. Bo‘lajak shifokorni terminologik jihatdan tayyorlash undan faqatgina atamalarni tushunishgina emas, balki ularni o‘zlashtirib amalda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishni ham talab qiladi. Tibbiyot bilim yurtida o‘qish davomida bo‘lajak shifokor turli mediko-biologik va klinik fanlarga oid atamalarga duch keladi. Bu esa unga kasbining ilmiy tilini egallashga yordam beradi.
Ushbu ishda texnika oliy ta’lim muassasalarida taxsil olayotgan bo‘lajak iqtisodchilarning iqtisodiy kompetentligini shakllantirishning muhim omillari haqida fikr yuritilgan.
Ushbu maqolada bo‘lajak muhandis-elektriklarning o‘zgaruvchan kasbiy faoliyat sharoitlariga tez moslashuvchan yosh mutaxassislarni tayyorlash ularning intellektual kompetentsiyasini rivojlantirish muammosi bugungi kunda pedagogik olimlarning oldida turgan dolzarb mavzulardan biri sifatida muammo va yechimlari ko’rsatib o’tilgan.
Maqolada o‘qitishda keng tarqalgan innovatsion texnologiyalar bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining jamoada ishlash ko‘nikmalarini va kommunikativ kompetentsiyalarini, shuningdek, ularning innovatsion pedagogik texnologiyalarda mustaqil o‘zlashtirish jarayonlari ochib berilgan.
Ushbu maqolada bo‘lajak muhandislarning kompyuter modellashtirish ko‘nikmalarini takomillashtirishning tamoyillari va uni oshirish uchun metodik tavsiyalar keltirilgan.
Maqola talabalarning uzluksiz pedagogik amaliyoti samaradorligini oshirish muammosini o‘rganishga bag‘ishlangan. Muallif bo‘lajak pedagogning kompetensiyalarini rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan strukturaviy va mazmunli modelga asoslangan pedagogik universitetning zamonaviy ta’lim muhitida talabalarning o‘quv amaliyotini tashkil etishga innovatsion yondashuvni taklif qiladi. Uzluksiz pedagogik amaliyotni 4+2 tartibida tashkil etishga qo‘yiladigan talablar, uni tashkil etish tamoyillari o‘rganiladi. Bo‘lajak o‘qituvchining rivojlanishini samarali boshqarish uchun pedagogik amaliyot davridagi talabalar faoliyati turlarining maxsus texnologik xaritalari ishlab chiqilgan. Muallif tomonidan o‘tkazilgan izlanish pedagogik amaliyotning joriy etilgan innovatsion modeli samaradorligini tasdiqlash imkonini berdi.
Ushbu maqolada bo‘lajak energetik muhandislarni raqamli texnalogiyalar asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonini rivojlantirishi haqida so‘z boradi.
O‘qitishning zamonaviy didaktik vositalari asosida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayoni, bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashga qo‘yilayotgan zamonaviy didaktik va metodik talablarni amalga oshiruvchi, umumkasbiy fanlar bo‘yicha o‘quv materiallarini havola etish shakllarini aks ettirish.